1

Janubiy Koreyada to`fon yuz berdi

Dunyo 28.08.2018, 07:40
Janubiy Koreyada to`fon yuz berdi

Janubiy Koreyada davom etayotgan Soulik tayfuni mamlakatda ko`plab muammolarni keltirib chiqarmoqda, deya xabar qildi Vesti nashri.

Bir qator shaharlarda mingdan ortiq reyslar bekor qilingan. Shuningdek, dengiz portlari vaqtinchalik yopildi. Okeanda bo`lgan barcha kemalar ortga chaqirtirib olingan. Tabiiy ofat tufayli 1 kishi bedarak yo`qolgan va yana 2 nafar inson tan jarohati olgan.

Poytaxt Seulda ham vaziyat jiddiy bo`lib, ayrim talofatlar qayd etildi. Soulik so`ngi 6 yil ichida Koreya yarimorolida kuzatilgan eng kuchli to`fon sifatida baholanmoqda. Meteorologiya boshqarmasi u yanada kuchayishi haqida ogohlantirmoqda. Hukumat esa hozircha evakuvasiya tartibini joriy etishga shoshilayotgani yo`q.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1