Sirdaryoda ijtimoiy himoyaga muhtoj 27 nafar ayollar va bolalarga nogironlik aravachalari va 20 nafar uy-joyga muhtoj ayollarga uylar topshirildi, xotin-qizlar qo`mitasi matbuot xizmati.
Mamlakatimizda Prezidentimiz tashabbusi bilan uy-joyga muhtoj, mehnatga layoqatlik darajasi cheklangan xotin-qizlarga ko`mak berish, ularning bandligini ta`minlash va arzon uylar ajratish bo`yicha keng ko`lamli ishlar mahalliy hokimliklar, «Mahalla» xayriya jamoat fondi, «Nuroniy» jamg`armasi, Xotin-qizlar qo`mitasi va boshqa mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
Bayramona ruhda o`tgan tadbirda O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari, Respublika Xotin-qizlar qo`mitasi raisi T.Norboeva, Sirdaryo viloyati hokimi G`.Mirzaev ishtirok etdi.






