AsosiyJamiyat

Bojxonaga ishga kiritib qo`yishni va`da qilgan firibgarlar ushlandi

'Bojxonaga ishga kiritib qo`yishni va`da qilgan firibgarlar ushlandi 'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg`ona viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o`tkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, fuqarolar A. va B. fuqarolar Sh. va M.ni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Farg`ona viloyati bojxona boshqarmasiga ishga kiritib qo`yish evaziga ulardan firibgarlik yo`li bilan 4.800 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan A. va B.larga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar