Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi tashabbusi bilan yaponiyalik mashhur olim, Nobel mukofoti laureati Ryodzi Noyori shu yilning 28-31 avgust kunlari Yaponiyaning Nagoya universiteti Prezidenti Masuo Seyiti rahbarligidagi delegasiya tarkibida mamlakatmizga tashrif buyuradi.
Ryodzi Noyorining O`zbekistonga tashrifi yurtimiz ilm-fan hayotidagi muhim voqea sanalib, u Xalkaro Nobel fondi bilan kelishgan holda tashkil etilmoqda. Bu esa nufuzli Xalqaro tashkilot tomonidan mamlakatimizning jahon ilmi-fani taraqqiyotiga qo`shgan hissasining tan olinishi hamda bugungi kunda yurtimizda ilmiy salohiyatni rivojlantirishga bo`lgan munosabtning e`tirofidir.
Delegasiya a`zolarining Bosh vazir o`rinbosari Aziz Abduhakimov, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziri Inomjon Majidov, Innovasion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov va Fanlar Akademiyasi rahbariyati bilan uchrashuvlari rejalashtirilgan.
Tashrif doirasida Ryodzi Noyori o`zbekistonlik yosh tadqiqotchilar, olimlar bilan uchrashadi, ular uchun ma`ruza qiladi. Nagoya universiteti delegasiyasi a`zolari ishtirokida o`zbek-yapon ilmiy simpoziumi, davra suhbati, Samarqandga tashrifi ko`zda tutilgan.






