1

Arnold Shvarsenegger Madrid elchisi etib tayinlandi

Dunyo 27.09.2014, 12:24
Arnold Shvarsenegger Madrid elchisi etib tayinlandi

Kaliforniya shtati sobiq gubernatori va mashhur aktyor Arnold Shvarsenegger Madrid shahri obro`siga qo`shgan hissasi uchun shahar hukumatidan medal bilan taqdirlandi va Ispaniya poytaxti elchisi etib tayinlandi.

El Pais nashrining qayd qilishicha, Gollivud aktyori Arnold Classic Europe – kulturistlar musobaqasining to`rt marotaba Madridda bo`lib o`tishiga katta hissa qo`shgan.   

“Men ko`p medal va sovrinlarga egaman, ammo, bu so`nggisi bo`ladi”,-dedi Shvarsenegger.

Shuningdek, aktyor 1982 yili Madridda suratga tushgan film voqealarini esga oldi. Arnold Shvarsenegger nutqini “Terminator – 2” filmidagi mashhur so`zlari bilan yakunladi.

“Men qaytaman”,-deya barcha bilan xayrlashdi 67 yoshli aktyor. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1