Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi YPXB va Milliy gvardiya shaxsiy tarkibi xizmatga jalb etilib, 27 avgust kuni Toshkent shahri hududida yo`l harakati qoidalariga rioya qilmagan jami 398 ta holat aniqlangan.
Unga ko`ra 15 nafar mast holatda avtomobil boshqargan haydovchi, 12 ta svetoforning qizil chirog`iga to`xtamagan, 22 ta tegishli hujjatlarsiz harakatlangan haydovchilar, 2 ta YPX xodimiga bo`ysunmaslik holatlari aniqlangan.
Shuningdek, mavjud to`lovlarni amalga oshirmay (ruxsatnomasiz) tonirovka oynali avtomobil boshqargan 2 nafar fuqaroga nisbatan chora ko`rilgan. Undan tashqari 32 ta odam tashish qoidalarining buzilishi, 52 ta yo`l belgilariga rioya qilmaslik, 3 ta mayda to`qnashuv sodir etganlar va yana 113 ta boshqa qoidabuzarliklar aniqlangan.
Statistikaga ko`ra, Toshkent shahar haydovchilarining aksariyati xavfsizlik kamarini taqmasdan harakatlanadi. Ana shunday haydovchilar kecha 110 nafarni tashkil etgan, deb yozmoqda O`zA.






