AsosiyJamiyat

Pensiya va nafaqa oluvchilar uchun interaktiv xizmatlar ishga tushirildi

'Pensiya va nafaqa oluvchilar uchun interaktiv xizmatlar ishga tushirildi'ning rasmi

YaIDXPda «Fuqaroning pensiya va nafaqa oluvchilar ro`yxatida mavjud yoki mavjud emasligi to`g`risida ma`lumotnoma olish» va «Farzand tug`ilganda beriladigan bir martalik nafaqa pulini olish» xizmatlari ko`rsatila boshladi. Bu haqda «Norma» xabar berdi.

«Fuqaroning pensiya va nafaqa oluvchilar ro`yxatida mavjud yoki mavjud emasligi to`g`risida ma`lumotnoma olish» xizmati yordamida tegishli hujjat olish uchun buyurtmanoma rasmiylashtiriladi.

«Farzand tug`ilganda beriladigan bir martalik nafaqa pulini olish» xizmatidan foydalanib, tegishli nafaqa olish uchun ariza berish mumkin.

Eslatib o`tamiz, bola tug`ilganda bir yo`la beriladigan nafaqa EKIHning ikki baravari miqdorida to`lanadi. Ish haqiga tuman koeffisientlari belgilangan joylarda nafaqa miqdori ushbu koeffisientni hisobga olgan holda belgilanadi. Ishlamaydigan va ta`lim olmaydigan ota-onalarga nafaqa byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasining tuman (shahar) bo`limlari tomonidan, boshqalarga – ish yoki o`qish joyida tayinlanadi va to`lanadi.

    Boshqa yangiliklar