AsosiyDunyo

AQShdagi musobaqa paytida otishma sodir etildi

'AQShdagi musobaqa paytida otishma sodir etildi'ning rasmi

AQShning Florida shtatida amerikacha futbol bo`yicha kibersport (elektron sport) musobaqasida otishma sodir etildi, deya xabar qilmoqda Layf nashri.

Voqea shtatning Jeksonvill shahrida sodir bo`ldi. Ma`lumotlarga ko`ra, otishmani musobaqa ishtirokchilaridan biri, 24 yoshli Devid Kas sodir etgan. Guvohlarning ta`kidlashicha, u musobaqada yutqazib qo`ygach, atrofdagi odamlarni o`qqa tuta boshlagan. Hodisa oqibatida 2 nafar inson halok bo`lgan, 11 kishi yaralandi. Shundan so`ng, u o`z joniga qasd qilgan. Yaralanganlar zudlik bilan shifoxonaga olib ketildi.

    Boshqa yangiliklar