“Barselona”ning kichik muxlisi Lionel Messini ko`rgach, ko`z yoshlarini tiyib turolmadi, deb xabar qilmoqda Gazeta.ru nashri.
Messi dastxat tarqatayotgan payt mitti bolakay undan futbolkaga dastxat tushirib berishini so`raydi. Lionel esa dastxat qo`ygach, o`z muxlisi bilan suratga tushib, uning boshini silab qo`yadi. Bundan to`lqinlanib ketgan bolakay battar yig`lashga tushadi.






