28 avgust kuni Samarqand shahridagi "Mo``jiza" amfiteatrida Vatanimiz mustaqilligining yigirma etti yilligiga bag`ishlangan bayram tantanalari bo`lib o`tdi. Bu haqda "Zarafshon" nashri xabar berdi.
Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi E.Turdimov tadbir ishtirokchilari va butun viloyat ahlini Mustaqillik kuni bilan tabrikladi.

Viloyatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qurilish-bunyodkorlik ishlari haqida so`z yuritib, barcha sa`y-harakatlar xalqimiz farovonligini oshirish, shahar va qishloqlarimizni obod qilishga qaratilganini ta`kidladi.
Bayram dasturida samarqandlik va poytaxtdan kelgan san`atkorlar, badiiy jamoalarning konserti namoyish etildi.


Tantanalar bayram mushakbozligi bilan yakunlandi.







