AsosiyDunyo

Perudagi zilzila oqibatida 8 kishi halok bo`ldi

28 sentyabr kuni Peruda sodir bo`lgan zilzila oqibatida 8 kishi halok bo`ldi, 6 kishi esa yaralandi. Bu haqda “RIA Novosti” agentligi xabar beradi.

Kuchi magnituda bo`yicha 5,1 balni tashkil qilgan er silkinishi mamlakatning Paruro provinsiyasidagi Kusko tumanida qayd etilgan. “Biz hududni ko`zdan kechirdik va sakkiz nafar kishining halok bo`lganini tasdiqlaymiz”,-dedi Kusko polisiyasi shefi Rodrigo Prada.

Qurbonlarning barchasi Misk qishlog`ida istiqomat qilgan. Aynan ushbu hudud zilzilaning asosiy kuchini qabul qilib oldi. Er silkinishi oqibatida yo`llarning vayron bo`lishi va katta chuqurliklar paydo bo`lganligi sababli Misk qishlog`iga borib bo`lmayapti.

  Peru bosh vaziri Ana Xaraning aytishicha, tabiiy ofat sodir bo`lgan hududga qutqaruv xizmati va kerakli yordam yuborilgan. Bosh vazir bergan ma`lumotga ko`ra, Misk qishlog`idagi binolarning 90 foizi vayron bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar