AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev shahar aholisi bilan muloqot qildi

'Shavkat Mirziyoev shahar aholisi bilan muloqot qildi'ning rasmi

Prezidentimiz Bekobod shahar aholisi bilan muloqot qildi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati ma`lum qildi.

Davlatimiz rahbari joriy yilda Olmaliq, Yangiyo`l, Bekobod, Nurafshon shaharlarida 2604 xonadondan iborat 62 ko`p qavatli uy foydalanishga topshirilishini ma`lum qildi.

O`zbekiston metallurgiya kombinatida va Bekobod shahrida yangi korxonalar ishga tushirilib, ko`plab ish o`rinlari yaratilgani, qurilayotgan uy-joylar va ijtimoiy ob`ektlar odamlar turmush darajasini oshirgani ta`kidlandi.

Shu erda Ohangaron shahridagi Amir Temur ko`chasini rekonstruksiya qilish, Yuqorichirchiq, O`rtachirchiq va Ohangaron tumanlarida namunaviy uylar qurish, viloyatda ichimlik suv tizimini yaxshilashga qaratilgan loyihalar taqdimotlari o`tkazildi.

    Boshqa yangiliklar