AsosiyDunyo

Qozog`istonda bog`cha tarbiyachisi bolani bo`g`ib, yotqizishga urindi (video)

'Qozog`istonda  bog`cha tarbiyachisi bolani bo`g`ib, yotqizishga urindi (video)  'ning rasmi

Qozog`istonning Temirtau shahridagi bolalar bog`chalaridan birida 50 yoshli bog`cha tarbiyachisi tushlikdan keyin uxlashni xohlamagan qizchani bo`g`di. Tarbiyachiga nisbatan jinoiy ish ochildi, deya xabar berdi Tengrinews.

Video kadrlardan ayol yig`layotgan bolaning ustiga adyolni tortib, bo`yini qo`li bilan mahkam qisganini ko`rish mumkin. Ushbu tasvir ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini dahshatga soldi va ular tomonidan minglab izohlar qoldirildi.

Qarag`anda viloyati Ichki ishlar departamenti matbuot xizmati xabariga ko`ra, gumonlanuvchi qo`lga olingan. Ushbu holat bo`yicha Qozog`iston Respublikasi Jinoyat kodeksining 140-modda 2-qismi bilan sudga qadar tergov boshlandi.

Ayni paytda tergov ishlari olib borilmoqda. Ekspertizalar belgilangan.

Boshqa yangiliklar