Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat texnika universitetida O`zbekistonning Birinchi Prezidentiga qo`yilgan xotira barelefining ochilish marosimi bo`lib o`tdi.
Mazkur oliy o`quv yurtini Islom Karimov 1960 yilda tamomlagan.
Bronza barelefining og`irligi 700 kg, balandligi 2,5 m, eni 2 m bo`lib, universitetga kirish joyida o`rnatilgan.
Barelef muallifi O`zbekiston badiiy akademiyasining ijodiy uyushmasi a`zosi, “E`tirof-2015” mukofoti sovrindori, Islom Karimov xotirasiga bag`ishlangan eng yaxshi haykal xalqaro tanlovi laureati Jasvand Annazarov.

Barelefning tantanali ochilish marosimida Prezident Karimov rafiqasi Tatyana Karimova va Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirining birinchi o`rinbosari Odiljon Abdurahmonov ishtirok etdilar.






