Avstriyaning Vena shahrida joylashgan hayvonot bog`ida saqlanayotgan Yang-yang panda ajoyib qobilyatga ega, deb yozmoqda Layf nashri.
Ya`ni jonivor rasm chiza oladi. Bog`ga tashrif buyuruvchilar unga surat chizdirib ko`rishadi. Yang-yangning chizgan rasmlari to`plami 590 AQSh dollarga sotilgan. Tushgan mablag` esa pandaning o`ziga va boshqa jonivorlar uchun sarflanadi.
Panda turli ranglarda chizishni yaxshi ko`radi. U cho`tkani panjalari orasiga mahkam siqib oladi.






