1

Turkiya Prezidenti Shavkat Mirziyoevni bayram bilan tabrikladi

Siyosat 30.08.2018, 10:19
Turkiya Prezidenti Shavkat Mirziyoevni bayram bilan tabrikladi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Janobi Oliylariga

Muhtaram Prezident, aziz qardoshim!

O`zbekistonning Milliy kuni munosabati bilan Siz Janobi Oliylarini va butun o`zbek xalqini shaxsan o`z nomimdan va xalqim nomidan chin qalbimdan muborakbod etaman.

Qardoshimiz va do`stimiz deb bilganimiz O`zbekistonning Siz, aziz qardoshimning oqilona va uzoqni ko`zlovchi rahbarligida erishayotgan yutuqlarini butun dunyo kabi biz ham yuqori baholagan holda kuzatyapmiz. O`zbekistonning yanada gullab-yashnashi yo`lida g`ayrat va fidokorlik bilan qilayotgan sa`y-harakatlaringizni bugungacha bo`lgani kabi kelgusida ham qo`llab-quvvatlashda davom etamiz.

Mamlakatlarimiz o`rtasidagi mustahkam hamkorlik va strategik sheriklik birgalikdagi sa`y-harakatimiz bilan xalqlarimizning manfaati yo`lida yanada kuchayishiga ishonchim komil. Sizning oqilona rahnamoligingizda do`st va qardosh O`zbekistonning shunday irodaga ega ekanining shohidi bo`layotganimdan mamnunman.

Fursatdan foydalanib, O`zbekiston bilan munosabatlarimiz kelgusida yanada rivojlanishiga ishonchimni tasdiqlagan holda, Siz Janobi Oliylariga sihat-salomatlik, baxt-saodat, qardosh o`zbek xalqiga omonlik va farovonlik tilab qolaman.

Rejep Tayyip Erdog`an, Turkiya Respublikasi Prezidenti

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1