1

Shavkat Mirziyoev bir guruh tojikistonlik davlat va jamoat arboblarini mukofotladi

Siyosat 30.08.2018, 10:31
Shavkat Mirziyoev bir guruh tojikistonlik davlat va jamoat arboblarini mukofotladi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev «Tojikiston Respublikasining bir guruh Davlat va jamoat arboblari, madaniyat, fan va sog`liqni saqlash sohalari vakillarini mukofotlash to`g`risida»gi farmonni imzoladi.

Unga ko`ra, qardosh O`zbekiston va Tojikiston xalqlari o`rtasidagi ko`p asrlik do`stlik va yaxshi qo`shnichilik munosabatlarini mustahkamlashga qo`shgan katta hissasi, madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish, mushtarak tarixiy meros, ma`naviy qadriyat va an`analarni asrab-avaylash va boyitish borasidagi faol va samarali faoliyati, mamlakatlarimiz orasida o`zaro manfaatli savdo-iqtisodiy hamkorlik va ko`p tomonlama strategik sherikchilikni rivojlantirishdagi xizmatlari uchun quyidagilar ordenlar va faxriy unvonlar bilan mukofotlandi:

«Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan

Qohir Rasulzoda - Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri

Sirojiddin Muhriddin - Tojikiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

Nizom Qosim -Tojikiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi raisi

Tashpulat Gulmurodov - Tojikiston Respublikasi Sog`liqni saqlash sohasi xodimlari malakasini oshirish institutining kardiojarrohlik kafedrasi mudiri

«Do`stlik» ordeni bilan

Ali Muhammadiev - Tojikiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qo`lyozmalar merosi fondining bo`lim mudiri

Iftixor Shirindjonovich Djuraev - Tojikiston Respublikasi Geodeziya va er boshqaruvi davlat qo`mitasining chegaralarni delimitasiya va demarkasiya qilish davlat geodeziya nazorati inspeksiyasi boshqarma boshlig`i

Raxim Marupov - Tojikiston Respublikasi Fanlar akademiyasining S.Umarov nomidagi fizika va texnika instituti bosh xodimi

Hasan Berdiqulov - Tojikiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi a`zosi

«O`zbekiston Respublikasi xalq artisti» faxriy unvoni bilan

Adham Xoliqov - «S.Ayniy nomidagi opera va balet akademik teatri» davlat muassasasi badiiy rahbari

Davlat Xolov - Tojikiston Respublikasi hukumati huzuridagi Televidenie va radio qo`mitasining «Falak» davlat ansambli badiiy rahbari

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1