1

Prezident Shahidlar xotirasi xiyobonidagi marosimda ishtirok etdi

Siyosat 31.08.2018, 09:09
Prezident Shahidlar xotirasi xiyobonidagi marosimda ishtirok etdi

31 avgust - Qatag`on qurbonlarini yod etish kuni munosabati bilan Shahidlar xotirasi xiyobonida xalqimiz ozodligi yo`lida fido bo`lgan insonlarni xotirlash marosimi o`tkazildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Marosimda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev ishtirok etdi.

Qur`on tilovat etilib, qatag`on qurbonlari ruhiga duo qilindi. Elga osh tortildi.

Davlatimiz rahbari diniy ulamolar, ta`lim sohasi mutasaddilari bilan suhbatda vatanparvar insonlarni e`zozlash, yoshlarni milliy g`urur ruhida tarbiyalash, ularda buyuk bobolarimizdek bo`lishga intilishni kuchaytirish zarurligini ta`kidladi. Buning uchun O`zbekiston Islom akademiyasi, Islom sivilizasiyasi markazi va oliy ta`lim muassasalari imkoniyatlaridan keng foydalanish, ta`lim dasturlarini takomillashtirish kerakligi qayd etildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1