AsosiySport

Kelishilgan uchrashuvlarga qarshi kurash qo`mitasi rahbari: “Kelishilgan o`yinlar bor bo`lsa, isbotlab bering”

26 sentyabr kuni O`zbekiston terma jamoasi Osiyo o`yinlarining nimchorak final uchrashuvini o`tkazdi va Saudiya Arabistoniga mag`lub bo`ldi.

Shu kuni O`zbekiston Oliy ligasining 21-turida ushbu musobaqada qolish uchun kurashayotgan “Sug`diyona” klubi o`z maydonida “Mettalurg”ni 5:4 hisobida mag`lubiyatga uchratdi. Qiziqarlisi, 19-turda “Sug`diyona” o`z maydonida “Navbahor” klubini ham aynan shu hisob bilan mag`lubiyatga uchratgandi.

 Ushbu natijalardan so`ng, O`zbekiston futbolini yorituvchi ayrim saytlarda “kelishilgan o`yinlar” haqida maqolalar chop etildi.    

Shundan so`ng, O`zbekiston futbol federasiyasi qoshida tashkil etilgan kelishilgan uchrashuvlarga qarshi kurash qo`mitasi rahbari Ahrol Inoyatov "Sport" telekanalining "Futbol sharhi" ko`rsatuvi mehmoni bo`ldi. Mutasaddi Oliy ligada kelishilgan o`yinlar borligi haqidagi xabarlarga izoh bildirarkan, buni isbotlab berishni talab qildi. Bu haqda uff.uz sayti xabar bermoqda.

"Kelishilgan o`yinlarning chempionatga ta`siri katta, ammo buni isbotlash qiyin bo`lmoqda. To`g`ri, bu borada turli gap-so`zlar paydo bo`lgan, masalan internetda kelishilgan o`yinlar haqida turli xabarlar o`qidik. Ammo bunday gaplarni tarqatishdan oldin uni isbotlash kerak. Internetda kim nimani istasa, yozaveradi. Kelishilgan o`yinlar bo`lsa, O`FF rahbari unga qattiq jazo beradi. Lekin buni oldin isbotlab berish kerak.

Qanday qilib aybi yo`q odamlarni jazolaysiz? Oldin buni yuridik jihatdan isbotlash kerak. Qani, kim isbotladi? Ko`chada, u er, bu erda kelishilgan o`yinlar borligi haqida gapirish oson, lekin uni isbotlab bo`lmaydi. Agar kelishilgan o`yinlar bo`lsa, buni isbotlab bering. Isboti yo`q narsani esa gapirmaslik kerak", - deydi Ahrol Inoyatov.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar