1

Shavkat Mirziyoev Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirdi

Siyosat 02.09.2018, 12:48
Shavkat Mirziyoev Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirdi

Prezident Shavkat Mirziyoev 2 sentyabr kuni Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma`rifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, Birinchi Prezidentimiz haykali poyiga gul qo`ydi. Uning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirdi, deb xabar qilmoqda Prezident matbuot xizmati.

"Bu Shavkat Mirziyoevning o`z ustozi, mustaqilligimiz asoschisi bo`lgan Islom Karimovga yuksak hurmatining yana bir ifodasi bo`ldi", - deyilgan xabarda.

Davlatimiz rahbarining 2017 yil 25 yanvardagi “O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug`anievich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to`g`risida”gi qaroriga muvofiq 2 sentyabr Xotira kuni etib belgilangan. Bu kuni Islom Karimovning hayoti va serqirra faoliyatini yod etish yaxshi an`anaga aylangan.

Gul qo`yish marosimida parlament va hukumat a`zolari, fan va madaniyat namoyandalari, yoshlar, keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Shuningdek, xabarda aytilishina islom Karimovning Samarqand va Qarshi shaharlaridagi haykallari poyiga ham gullar qo`yilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1