AsosiyDunyo

Yarim soat internetdan foydalangan amerikalik bola 13 ming dollar qarz bo`ldi

'Yarim soat internetdan foydalangan amerikalik bola 13 ming dollar qarz bo`ldi'ning rasmi

AQShda yashovchi oila roumingdagi internet uchun katta miqdorda qarz qilgan operator ustidan shikoyat qildi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.

Kaliforniyaning San-Xose shahrida yashovchi Vivian Chang (Vivian Chung) oilasi bilan dam olish uchun Vetnamga borgan. U chet elda internetdan foydalanish narxlari to`g`risidagi ma`lumotlarni bilish uchun internetga kirgan va shundan keyin ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmagan.

U dam olishdan San-Xosega qaytgandan keyin oilasi internet uchun 13 ming dollar qarz bo`lganligini bilgan. T-Mobile operatorining bergan ma`lumotiga ko`ra, internetga Changning o`g`lining telefonidan kirilgan va bu 30 daqiqani tashkil etgan.

“Qanday qilib, yarim soatlik telefon hisobi 13 ming dollar bo`lishi mumkin? Axir bu safarimiz uchun ketgan xarajatdan ham ko`p-ku?” deb e`tiroz bildirdi Chang. Uning o`g`li esa ortiqcha pul ketkizmaslik uchun sayohat vaqtida telefoni aviarejim holatida bo`lganligini ma`lum qildi.

T-Mobile vakillari bilan bo`lgan muzokaradan keyin qarz miqdori 3 ming dollar, deb belgilandi. Chang bunday qarorni asossiz deb hisobladi.

    Boshqa yangiliklar