Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Meyni o`ldirmoqchi bo`lgan terrorchiga umrbod qamoq jazosi berildi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.
Birmengemda tug`ilgan 21 yoshli Naaimura Zahariy Rahmon teraktni amalga oshirishda aybdor deb tan olindi. U Liviyada “Islom davlati” terrorchilik guruhiga ham yordam berib kelganligiga iqror bo`ldi. Rahmon Tereza Meyning oldiga etib olguncha portlovchi moddadan foydalanmoqchi, uning boshini tanasidan judo qilib, keyin o`zini o`ldirishni rejalashtirgan.
Hujumga tayyorgarlik vaqtda FQB va MI-5 razvedka xizmati o`zini “Islom davlati” tarafdori deb tanishtirib, terrorchi bilan uzoq vaqt mobaynida aloqada bo`lib kelgan. Ular 28 noyabr kuni Rahmonga terakt uchun barcha zaruriy vositalarni berishgan. Shundan keyin terrorchi jinoyat ustida qo`lga olingan.






