1 sentyabr kuni Samarqand tumanida yashovchi I.U. boshqaruvidagi «Lasetti» rusumli avtomashinani «Samarqand xalqa aylana» yo`lining 4-km.da haydab ketayotib, boshqaruvni eplay olmaganligi tufayli yo`l chetiga ag`darilib ketgan.
IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi bergan xabarga ko`ra, sodir bo`lgan voqea natijasida haydovchining turmush o`rtog`i G. N. va 19 yoshli qizi G. U. jarohat olib, voqea joyida vafot etgan.






