AsosiyShou-biznes

Monika Belluchchi 50 yoshda

2014 yilning 30 sentyabr kuni mashxur Gollivud yulduzi Monika Belluchchi 50 yoshlik yubileyini qarshi oldi.

“Kleopatra” missiyasi, “Matrisa” kabi yana o`nlab filmlardagi rollari bilan shuxrat qozongan Monika Belluchchi turmush o`rtog`i Vensan Kassel bilan 1996 yil “Kvartira” filmini suratga olish jarayonida tanishgan. Oradan 5 yil o`tib ular turmush qurishdi.

U ilk farzandi Devani 39 yoshida, ikkinchi qizi Leonini esa 45 yoshida dunyoga keltirgan.

Aytish lozimki, aktrisaning onasiga bepushtlik kasalligi tashxisi qo`yilgan, biroq bu tashxisdan keyin u bo`lajak aktrisani dunyoga keltirgan. Garchi 50 yoshni qarshilagan bo`lsa-da, u hamon go`zal va maftunkor. Go`zallik haqida aktrisa shunday fikr bildiradi: “Go`zallik ayol kishi uchun ikki holatda muammo bo`lishi mumkin, birinchisi chiroy, go`zallik bo`lmaganda va ayolning go`zallikdan boshqa hech narsasi bo`lmaganda”.

    Boshqa yangiliklar