AsosiyDunyo

Fransiyada mollyuska bozori ochildi

'Fransiyada mollyuska bozori ochildi 'ning rasmi

Fransiyaning Lill shahrida dunyodagi eng yirik mollyuskalar bozori ish boshladi, deb xabar berdi TASS nashri.

Lill shahridagi mazkur bozor qisqa fursatda mollyuskalar shaharchasiga aylanib, ulgurdi deyish mumkin. Sababi bu erda nafaqat mollyuskalar savdosi, balki ularni tayyorlab beruvchi turli tamaddixonalar ham faoliyat olib bormoqda.

500 gektar maydonni egallagan ushbu bozorga har kuni okeandan tonnalab chig`anoqli mollyuskalar olib kelinadi va o`sha kunning o`zidayoq tugaydi. Ularning aksariyati shu erning o`zida pishirib xo`randalarga taqdim etilmoqda.

Ushbu bozor mahalliy aholi va chet elllik sayyohlar orasida tobora ommalashib bormoqda. Tahlilchilarning fikriga ko`ra, joriy yil yakuniga qadar bozorga 1,5-2 million sayyoh tashrif buyurishi kutilmoqda.

    Boshqa yangiliklar