Somalining Mogadisho shahrida portlash sodir etilgani haqida xabar berilgan edi.
Mazkur hodisa oqibatida kamida 6 kishi halok bo`lgan.
Xabarlarga ko`ra, noma`lum shaxslar shahardagi hokimiyat binosi oldiga kelib portlovchi qurilma o`rnatilgan avtomobilni portlatib yuborishgan. Mazkur voqea xudkush terrorchilar tomonidan amalga oshirilgan.
Hodisa tufayli hokimiyatga yaqin joyda bo`lgan maktab binosiga ham jiddiy zarar etgan. Shuningdek, portlash zarbidan atrofdagi boshqa bino oynalari ham parchalanib ketgan. Hodisa oqibatida kamida 6 kishi qurbon bo`lgan bo`lsa, yana 14 kishi tan jarohati olgan.Ularning 6 nafari maktab o`quvchilaridir.
“Biz xonada ishlab o`tirgan edik. Portlash vaqtida men o`zimni stol tagiga otdim. Shovqin tinmaguncha joyimdan qimirlaganim yo`q. Chiqib qaraganimda esa atrofimda xamkasblarib qonga belanib yotardi”, deb ma`lumot berdi voqeaga guvoh bo`lgan odamlardan biri.
Mazkur portlash uchun javobgarlikni mahalliy Al-Shabab terrorchilik guruhi o`z zimmasiga oldi. Ushbu guruh bundan avval ham masjid va boshqa bir qator maskanlarda ketma-ket portlashlar uyushtirgan edi.