AsosiyDunyo

Liviya poytaxtida mahbuslar ommaviy ravishda qamoqdan qochdi

'Liviya poytaxtida mahbuslar ommaviy ravishda qamoqdan qochdi'ning rasmi

Jang ketayotgan Liviya poytaxtidagi qamoqxonlardan biridan 400 nafarga yaqin mahbuslar ommaviy ravishda qochib ketdi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.

Mahbuslarning qochishiga qamoqxona yaqinida ro`y bergan otishma ovozi sabab bo`lgan. Qamoqxona mahbuslari vahimaga tushib, darvozani buzib qochishgan. Qo`riqchilar qurbonlar sonini ko`paytirmaslik uchun mahbuslarni o`qqa tutmagan. Ayni vaqtda qamoqxona ma`muriyati qochoqlarning aniq sonini aniqlash bilan shug`ullanmoqda.

Xabarlarga ko`ra, Tripoli shahrida o`tgan yakshanbadan beri raqib guruhlar o`rtasidagi jang to`xtamay, davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar