AsosiyDunyo

Xiyobonga ilon qo`yib yuborgan xitoylik erkak qamoqqa olindi

'Xiyobonga ilon qo`yib yuborgan xitoylik erkak qamoqqa olindi'ning rasmi

Xitoyning Xunan provinsiyasida yashovchi erkak odamlar dam oladigan xiyobonga ikkita zaharli bo`lmagan ilonni qo`yib yubordi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.

49 yoshli Lyu ismli erkak o`g`li universitetga kirganidan xursand bo`lib, ilonlarni ozodlikka chiqargan. Shundan keyin Lyu jamoat tartibini buzganlikda ayblanib, 5 sutkaga qamoqqa olingan.

Lyuning aytishicha, uzunligi bir metrga yaqin bo`lgan ilonlarning har birini 56 dollardan sotib olgan. Odamlar u ilon qo`yib yuborgan xiyobonga borishdan qo`rqib qolgan. Ilonlardan biri qo`lga olingan, ikkinchisi esa qidirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar