“Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksida havo yo`llari orqali tilla va zargarlik buyumlarining noqonuniy olib o`tilishiga qarshi chora-tadbirlar muntazam davom ettirilmoqda.
Davlat bojxona qo`mitasining axborot xizmati xabariga ko`ra, Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tilla va zargarlik buyumlarini noqonuniy tarzda olib o`tmoqchi bo`lgan shaxs to`xtatib qolindi.
Bojxona nazoratidan “qizil” yo`lak orqali o`tmoqchi bo`lgan fuqaro G.Z. bojxona deklarasiyasida va bojxona xodimlarining og`zaki so`rovi paytida ma`lum qilmasdan turib, 207 gramm og`irlikdagi tilla taqinchoqlarni poyabzalining ichki qismiga yashirincha olib kirmoqchi bo`ldi. Ammo, uning bu qing`ir rejasi naf bermadi. Mazkur zargarlik buyumlarining taxminiy qiymati 41 million 400 ming so`mni tashkil qildi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.






