AsosiyJamiyat

Toshkentga kiraverishda art-ob`ektlar o`rnatiladi

'Toshkentga kiraverishda art-ob`ektlar o`rnatiladi'ning rasmi

Tez orada Termiz-Toshkent yo`li bo`yicha (M-39) poytaxtga kirib keluvchi mehmonlarni Toshkent shahri mehmondo`stligi ramzi bo`lgan yangi art-ob`ektlar «kutib oladi».

IIBB ma`lumotlariga ko`ra, «Toshkent» yozuvi tiklanadi. Yaqin atrofdagi mahallalarda yashovchilarning bildirishicha, u o`tgan asrning 60-yillarida paydo bo`lgan. Betondan yasalgan ushbu yozuv ancha vaqtdan buyon asl ko`rinishini yo`qotgandi: sement ko`p joylarda sinib ketgan, suvoq tushib ketgan, harflar eskirib ketgan. Arxitektor Georgiy Grigoryans 1974-1975 yillarda ishlagan, mozaika bilan bezatilgan va yozuv to`g`risida o`rnatilgan yodgorlik toshi ham qayta tiklanishi kerak. Bundan tashqari, tutash hududni tartibga solish talab etiladi.

IIBB va Toshkent hokimligi tashabbusi bilan ishchi guruh tuzildi, unga tegishli mutaxassislar kiritildi hamda ular joyida «tashrif qog`ozi»ning yangi loyihasini ishlab chiqishdi. Ijodiy guruh g`oyasiga ko`ra, maxsus chiroqlar tufayli «Toshkent» so`zi qorong`i tunda ham yorqin ko`rinadi. Yozuv ortida metall konstruksiyalar paydo bo`ladi, ularda ham chiroqlar bo`ladi. Konstruksiyalarda Toshkentning eng mashhur arxitektura majmualari va binolari tasvirlanadi.

Yodgorlik toshi qayta tiklanadi, uning atrofidagi maydon tartibga keltiriladi va yo`l plitkalari paydo bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar