AsosiyJamiyat

Ochiq osmon ostidagi savdoning birinchi kuni GM 40ta avtomobil sotdi

'Ochiq osmon ostidagi savdoning birinchi kuni GM  40ta avtomobil sotdi'ning rasmi

2 sentyabr kuni “GM Uzbekistan” uzoq kutilgan «Ochiq osmon ostidagi savdo maydonchalari» yangi aksiyasini yo`lga qo`ygani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek avtomobilni “45 daqiqa ichida xarid qilish” hamda “Spark” sotib olgan har bir xaridorga velosiped sovg`a qilish kabi aksiyalari ham e`lon qilingan edi.

Toshkent shahridagi «Sergeli» avtomobil bozori hududida o`tgan dam olish kunlari savdoga eng talabgir «Spark», «Kobalt» va «Lasetti» rusumli avtomobillari qo`yildi.

Avtosalonning ilk ish kunida jami 3 mlrd. 850 mln. so`mlik 40 dona avtomobilga shartnoma tuzildi.

Dam olish kunlari bo`lishiga qaramay, «Ochiq osmon ostidagi avtosalon» ilk mijozlarni qabul qildi, kun davomida ularning soni ortib bordi. Avtosalon xodimlari xaridorlarga yuqori darajada servis xizmati ko`rsatib, maksimal darajada qulaylik taqdim etishga harakat qilishdi. Xaridorlarning qiziqtirgan barcha savollariga javoblar berildi, shartnoma tuzish jarayonlari tezkor va bayramona kayfiyatda amalga oshirildi.

Mijozlar salqin ichimlik va shirinliklardan bahramand bo`lib, o`zlarining aksiya borasidagi ta`surotlari bilan o`rtoqlashishdi. Sog`lom hayot tarzi yo`lida amalga oshirilayotgan harakatlarni qo`llab-quvvatlagan ayrim xaridorlar uylariga aynan velosipedlarda ham yo`l olishdi.
Odamlarning ijobiy fikrlarini inobatga olib, kompaniya ochiq osmon ostidagi avtosalonlarni doimiy ravishda butun respublika bo`ylab tashkil qilish bo`yicha qaror qabul qilishdi.

Ayni jarayonda ochiq osmon ostidagi avtosalonlarda savdoga 1475 dona «Spark», «Kobalt» va «Lasetti» rusumli avtomobillari qo`yildi. Kompaniya xaridorlarning istak va takliflarini inobatga olib, avtomobillar sonini oshirishga hamda yaqin fursatlarda boshqa rusumdagi va turli komplektasiya va rangdagi avtomobillarni qo`shishga va`da berdi.

    Boshqa yangiliklar