Urganch Davlat universiteti qoshida “Qatag`on qurbonlari xotirasi” muzeyi ochildi.
Muzey fondi professor-o`qituvchilar, yosh olim va talabalar hamda keng jamoatchilikning faol ishtirokida arxiv hujjatlari, O`zbekiston Markaziy Davlat arxivi, Ichan-Qal`a muzey fondi materiallari bilan boyitildi.
Muzeydan 1937 yili deportasiyada Xorazm viloyatiga ko`chirib keltirilgan koreys diasporasi vakillari bilan hamkorlikda yig`ilgan materiallar ham o`rin olgan.
Bu erda qatag`on qilingan yurtdoshlarimizning tarixini tadqiq qilish maqsadida ilmiy tadqiqot ishlari, talabalarning bitiruv malakaviy ishlari, magistrlik dissertasiyalarini olib borish yo`lga qo`yiladi.
Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi Respublikadagi boshqa oliy ta`lim muassasalarida ham muzeylarni tashkil etish bo`yicha ishlarni olib bormoqda.






