Internet nashrlarida Anjelina Jolining turmush o`rtog`iga qilgan sovg`asi borasida katta shov-shuv ko`tarilmoqda. U Bred Pittga yaqinda bo`lib o`tgan to`ylari munosabati bilan platinadan ishlangan xronometr soatini taqdim qildi.
Ushbu soat Shveysariyada soat ishlab chiqaruvchi mashxur Patek Philippe kompaniyasida 1952 yilda yaratilgan. U boshqa soatlardan farqli o`laroq vaqtni juda aniq ko`rsatadi. 3 million AQSh dollari bahosidagi sovg`aga Anjelina “Rolliga Nessadan” deb yozdirdi. Bu ularning “Dengiz bo`yida” filmida o`ynagan qahramonlarining ismlari.
Buning sababi, ayni damda ham ular Maltada dengiz bo`yida dam olmoqdalar.





