AsosiyJamiyat

Kadastr hujjati yuqolgan yoki yaroqsiz holga kelganda nima qilish kerak?

'Kadastr hujjati yuqolgan yoki yaroqsiz holga kelganda nima qilish kerak?'ning rasmi

Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali kadastr hujjati (yig`majildi) yuqolgan yoki yaroqsiz holga kelganda nima qilish kerakligi va qancha muddatda bajarilishi haqida ma`lumot berdi.

Qayd etilishicha, huquq egasi (kadastr hujjati egasi) ariza bilan tuman (shahar) “Ermulkkadastr” davlat korxonasi murojaat qilishi lozim.

Arizaga muvofiq tuman (shahar) “Ermulkkadastr” davlat korxonasi arxivida saqlanayotgan kadastr yig`majildining huquq egasiga tegishli qismlaridan nusxa olinadi.

Ushbu nusxalardan iborat kadastr yig`majildining har bir varag`iga tuman (shahar) kadastr davlat korxonasi rahbari tomonidan “asliga to`g`ri” degan yozuv kiritiladi va imzolanadi hamda ariza kelib tushgan kundan boshlab ikki (2) ish kuni ichida huquq egasiga topshiriladi.

    Boshqa yangiliklar