Toshkent-Qarshi-Toshkent yo`nalishidagi №760/759- "Afrosiyob" zamonaviy elektropоezdining qatnoviga o`gartirish kiritildi. Bu haqda «O`zbekiston temir yo`llari» AJ axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko`ra 2018 yil 7 sentyabrdan boshlab mazkur zamonaviy elektropezdning Shahrisabz shahrigacha muntazam qatnovi yo`lga qo`yiladi va Toshkent-Shahrisabz-Toshkent yo`nalishida yo`lovchilarga xizmat ko`rsatish boshlanadi. №760-"Afrosiyob" zamonaviy elektropezdi Toshkentdan Qarshigacha bugungi kundagi harakat jadvali bo`yicha qatnovini amalga oshiradi, Qarshidan Shahrisabzga esa soat 11.30 jo`naydi. №759- "Afrosiyob" zamonaviy elektropezdi Shahrisabzdan Qarshiga esa soat 15.43 harakatini boshlaydi. Qarshidan Toshkentga bugungi kundagi harakat jadvali bo`yicha qatnovini amalga oshiradi.
Izoh: Harakat jadvali haqidagi qo`shimcha ma`lumotlarni rasmiy railway.uz saytidan va joylardagi temir yo`l kassalari hamda xududiy temir yo`l ma`lumotxonalaridan bilib olishingiz mumkin






