Uilyam va Keyt bu qarorga o`g`illari Jorjning havfsizligini ta`minlash uchun kelishdi. Sababi, oxirgi vaqtlarda ismi oshkor etilmayotgan suratchi Jorj va uning enagasini doimiy ravishda kuzatgan va ular saylga chiqqan saylgohda ularga yaqinlashishga, bolakayni to`xtovsiz suratga olishga harakat qilgan, deya xabar beradi www.spletnik.ru nashri.
Polisiya vakillari ushbu suratkash kichik shahzoda Jorjni avval ham kuzatgan bo`lishi mumkinligini gumon qilishmoqda. Britaniya qirolligi advokatlari ushbu suratkashga qarshi chora ko`rishgan. Shu bilan birga qirollik oilasining havfsizligi va tinchligiga dahl qilayotgan paparassilarga qarshi jiddiy choralar ko`rishlarini bildirishgan.
Ular bo`lajak shahzoda ulg`aygach, doimiy ravishda odamlar ko`z o`ngida bo`lishi va paparassi bilan ham to`qnash kelishini tushungan holda, ayni damda urning bolaligi beg`ubor, huddi boshqa bolalarniki kabi tinch va osuda, boshqacha qilib aytganda oddiy bolalik singari o`tishini istashmoqda.
Endilikda, Britaniyada qirollik oilasi a`zolarining suratlarini olish va ularni ruxsatsiz chop etish ta`qiqlangan.





