1

Incheon-2014. Hamyurtimiz Barno Mirzaeva kumush medal sovrindori bo`ldi

Sport 03.10.2014, 17:25
Incheon-2014. Hamyurtimiz Barno Mirzaeva kumush medal sovrindori bo`ldi

Janubiy Koreyaning Incheon shahrida o`tkazilayotgan Osiyo o`yinlarida yana bir sportchimiz sovrindorlar safidan o`rin egalladi. Bu haqda  O`zbekiston milliy olimpiya qo`mitasi matbuot xizmati xabar beradi.

Karate sport turining kumite bahslarida Vatanimiz sharafini himoya qilgan Barno Mirzaeva (-61 kg.) hal qiluvchi final bahsida malayziyalik Krisnan Jefriga imkoniyatni boy berdi va Osiyo o`yinlarining kumush medali bilan taqdirlandi.

Eslatib o`tamiz, Barno Mirzaeva 2010 yili Guanchjou (Xitoy)da bo`lib o`tgan XVI Osiyo o`yinlarida kumite bo`yicha bo`lib o`tgan musobaqada bronza medaliga sazovor bo`lgan edi.

Incheonda o`tkazilayotgan qit`aning eng yirik sport o`yinlarida chorak final bosqichidan bahslarga kirishgan Barno Mirzaeva dastlab Eron terma jamoasi a`zosini, yarim finalda esa J.Koreya vakilini mag`lub etdi.

Shu tariqa, O`zbekiston delegasiyasi hisobidagi medallar soni 41 taga etdi (9 ta oltin, 12 ta kumush, 20 ta bronza) va hamyurtlarimiz umumjamoa hisobida 10-o`rinni band etib turishibdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1