AsosiyShou-biznes

Charli Shin stomatologga pichoq bilan tashlandi

2 oktyabr kuni chet el internet nashrlarida gollivud aktyori Charli Shin haqidagi navbatdagi g`ayrioddiy yangiliklar tarqaldi. Bu safar u o`z stomotolog shifokoriga pichoq bilan tashlanganligi barchani hayratga solmoqda, deya xabar beradi www.spletnik.ru nashri Los-Anjeles polisiyasi vakillari bergan ma`lumotlarga tayanib.

Gap shundaki, Charli Shin absessni davolash uchun stomatolog huzuriga borishga qaror qilgan. Biroq, oradan biroz vaqt o`tib, u fikrini o`zgartirib qoldi hamda niqob taqish niyatida unga yaqinlashgan hamshirani urib yubordi.

Shuning o`zi bilan kifoyalanmagan holda u stomatolog shifokorga pichoq bilan tashlandi. Klinika qo`riqlash xizmati hodimlari uni to`xtatib qolishgani tufayli hech kimga zarar etmadi. Polisiya vakillarining fikrlariga ko`ra, aktyor narkotik moddalarni iste`mol qilish oqibatida ana shunday “noodatiy” holatarga tushib qolmoqda.

Aktyor ayni damda shunday “yomon odat”ga o`rgangan. Aytish lozimki, stomatolog bilan sodir bo`lgan hodisa birinchisi emas. U ommaviy axborot vositalari hususan internet nashrlarida eng janjalkash aktyor sifatida tanilmoqda. 

    Boshqa yangiliklar