2014 yilning 6-8 oktyabr kunlari “20-Toshkent Halqaro sayyohlik yarmarkasi-2014” yubiley tadbirini o`tkazish dasturi doirasida poytaxtda Lekim Ibragimovning dunyoga mashxur bo`lgan “Mingta farishta va bitta surat” Mega-polotnosi omma e`tiboriga havola etiladi.
Bu haqda kultura.uz xabar beradi. Ushbu Mega-polotno Evrovada, Rossiyada namoyish etilgan va 2012 yilda eng e`tiborga molik atr-loyiha sifatida tan olingan.
Ko`rgazmaga yurtimiz fuqarolari, boshqa davlatlardan tashrif buyurgan mehmonlar va umuman san`atni qadrlovchi har bir kishi qatnashishi mumkin.
Tadbir Toshkent shahri, Amir Temur ko`chasi 107, “O`zekspomarkaz”ning ikkinchi pavilonida bo`lib o`tadi.
6 oktyabr 10:00 dan 17:00 gacha taklifnoma asosida kiruvchilar uchun.
7 va 8 oktyabr kunlari 10:00 dan 17:00 gacha barcha ushbu tadbirda ishtirok etib madaniy hordiq chiqarishi va go`zallikdan bahramand bo`lishi mumkin.





