Oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziri I.Majidov va Fransiyaning Parij shahridagi Xalqaro moda akademiyasi (AICP)ning loyiha va innovasiya bo`yicha direktori A.Karin o`rtasida uchrashuv bo`lib o`tdi, deb xabar berildi vazirlikning rasmiy telegram kanalida.
Uchrashuvda dizayn va tikuvchilik sohasi bo`yicha pedagog-kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo`yicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Olib borilgan muzokaralar natijasida Parij shahridagi Xalqaro moda akademiyasi bilan hamkorlikdagi qo`shma dasturlar asosida moda va dizayn sohasida malakali mutaxassislar tayyorlash bo`yicha kelishuvga erishildi.






