“Egmont” moliyaviy razvedka bo`linmalari guruhining faoliyatida ishtirok etish doirasida O`zbekiston Respublikasining majburiyatlarini ta`minlashga doir tashkiliy chora-tadbirlar to`g`risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.
Qarorga muvofiq, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti “Egmont” moliyaviy razvedka bo`linmalari guruhining faoliyatida ishtirok etish doirasida O`zbekiston Respublikasining majburiyatlari ta`minlanishi uchun mas`ul maxsus vakolatli organ etib belgilandi.
Qaror bilan tegishli vazirlik hamda idoralar Departamentni “Egmont” guruhi faoliyatida ishtirok etish doirasidagi majburiyatlarni bajarishi uchun zarur ma`lumotlar bilan ta`minlaydi.
Shuningdek, Departamentga amaliy maqsadga muvofiqlikdan kelib chiqib, tegishli vazirlik hamda idoralar rahbarlari bilan kelishgan holda mazkur guruh doirasida o`tkaziladigan yalpi majlislar va boshqa tadbirlarda ishtirok etish uchun O`zbekiston delegasiyalarini shakllantirishda ularning vakillari ekspertlar sifatida jalb qilinadi.
Eslatib o`tamiz, “Egmont” guruhi — moliyaviy razvedka bo`linmalari xalqaro tashkiloti bo`lib, dunyoning 130 dan ortiq moliyaviy razvedkalarini birlashtiradi.






