"Mustaqillik marafoni" o`tkazilishi munosabati bilan 2018 yil 9 sentyabr kuni "Paxtakor" stadionidan "Nukus" ko`chasigacha bo`lgan ko`chalar yopiladi. Bu haqda Toshkent hokimligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Ko`chalarda harakat 9.00dan 13.00ga qadar chegaralanadi.
Quyidagi ko`chalar yopiladi:
Glinka ko`chasi – Shota Rustaveli ko`chasidan Nukus ko`chasiga qadar,
Nukus ko`chasi – Abdulla Qahhor ko`chasidan Abdulla Qodiriy ko`chasigacha,
Abdulla Qodiriy ko`chasi – Nukus ko`chasidan Abay ko`chasigacha,
Abay ko`chasi – Abdulla Qodiriy ko`chasidan Olmazor ko`chasigacha,
Olmazor ko`chasi – Abay ko`chasidan Islom Karimov ko`chasigacha,
Islom Karimov ko`chasi – Olmazor ko`chasidan Sharof Rashidov ko`chasigacha.






