AsosiyJamiyat

Baholovchilarga malaka sertifikatini berish tartibi belgilandi

'Baholovchilarga malaka sertifikatini berish tartibi belgilandi'ning rasmi

Baholovchi malaka sertifikatini berish tartibi to`g`risidagi nizom Adliya vazirligida davlat ro`yxatidan o`tkazildi. Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali xabar bermoqda.

Baholovchi malaka sertifikatini olishga talabgor bo`lgan shaxsga quyidagi talablar qo`yiladi:

  • oliy iqtisodiy, yuridik yoki texnik ma`lumotga, baholovchi yoki baholovchining yordamchisi lavozimida bir yil ish stajiga ega bo`lish;
  • qayta tayyorlash kursini tugatganligi to`g`risida sertifikatga ega bo`lish.

Malaka imtihoninin topshirish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

  • imtihon topshirishga ruxsat berish to`g`risidagi ariza;
  • so`rovnoma;
  • pasport nusxasi;
  • oliy ma`lumot to`g`risidagi diplomning nusxasi;
  • mehnat daftarchasining nusxasi
  • 3,5 x 4,5 hajmdagi 2 dona fotosurat;
  • qayta tayyorlash kurslarini tugatganligi to`g`risidagi sertifikat nusxasi;
  • xalqaro sertifikatga ega bo`lganlar uchun xalqaro sertifikat nusxasi;
  • 184 ming 300 so`m yig`im to`langanligini tasdiqlovchi hujjat;

Ariza tushgan kundan boshlab uch kunlik muddatda talabgorning imtihonga qo`yilishi yoki qo`yilmasligi haqida qaror qabul qilinadi.

Imtihon loyihani himoya qilish va imtihon savollari bo`yicha suhbat o`tkazishdan tashkil topadi va uzluksiz ravishda videoyozuvga (ovozli) tushiriladi.

Malaka imtihoni uchun maksimal ball 100 ball bo`lib, bunda 50 ball loyiha himoyasi uchun va 50 ball savollarga javob uchun beriladi. 70 balldan yuqorini ball olganlar imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan hisoblanadi.

Malaka sertifikati 5 yillik muddatga beriladi va uning amal qilish muddati besh yillik muddatga uzaytirilishi mumkin.

Malaka imtihonidan o`tmaganlar o`ttiz kalendar kuni ichida yozma apellyasiya berish huquqiga ega.

    Boshqa yangiliklar