AsosiyJamiyat

Ayol inspektorlar o`quvchilarining yo`ldan o`tishiga ko`maklashmoqda

'Ayol inspektorlar o`quvchilarining yo`ldan o`tishiga ko`maklashmoqda'ning rasmi

Toshkent viloyati YHXB xodimlari bolalar ishtirokidagi yo`l transport hodisalarining oldini olishga alohida e`tibor qaratib kelmoqda.

Bu jarayonda viloyat YHXBning xotin-qizlar jamoasi ham faol ishtirokchidir. Ular muntazam ravishda ta`lim muassasalari, mahallalarda bo`lib yoshlar o`rtasida tushuntirish ishlarini olib boradi.

7d88372c-ef77-479a-b6a1-5363341bc439.jpg

Yaqinda viloyat hududida tashkil etilgan “Diqqat bolalar!” tadbirida ham boshqarma xotin-qizlar jamoasi faol ishtirok etdi. Ular erta tongdanoq ko`chalarga chiqib, boshlang`ich sinf o`quvchilarining yo`ldan o`tishiga ko`maklashdi, deb yozadi O`zA.

a60050b6-f3e4-450e-ae73-7c74891cdf6b.jpg

Maktabda dars boshlangandan so`ng esa o`quvchilarga yo`l harakati qoidalari bo`yicha dastlabki ko`nikmalarni berishdi.

    Boshqa yangiliklar