AsosiyDunyo

Yaponiyadagi “Fanfon” tayfuni hamon davom etmoqda

6 oktyabr kuni ertalab Yaponiyaning Xamamasu va Sidzuoke shaharlari kuchli “Fanfon” tayfuni yopirildi. Bu haqda euronews.com xabar beradi.

Xukumat vakillari Xamamasu va Sidzuoke hamda Ayti, Mie, Yamanasi,Tiba, Kanagava perefekturalari aholisiga o`z uylarini tark etishni maslahat bergan. “Fanfon” so`zining ma`nosi hayvon demakdir. Kuchli yomg`ir va shamol bilan bir soniyada 45 metrgacha esayotgan ushbu tayfunning balandlingi 11 metrdan ham oshmoqda.

Taxminlarga ko`ra, bir necha soatlar ichida “Fanfon” shaharning markaziy ko`chalarini egallashi mumkin. Ma`lumot o`rnida shuni aytish mumkinki, ayni vaqtda mamlakatda 600 dan ortiq aviareyslar bekor qilingan, ba`zi joylarda tez yurar poezdlarning qatnovi to`xtatilgan.

Hozircha tayfun oqibatida 6 kishining qurbon bo`lgani,  20 dan ortiq kishining turli tan jarohatlarini olganliklari xabar qilinmoqda. 

    Boshqa yangiliklar