AsosiySport

Denis Istomin AQShdagi «Chellenjer» turniri g`olibi

'Denis Istomin AQShdagi «Chellenjer» turniri g`olibi'ning rasmi

O`zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin Chikagoda o`tkazilgan musobaqa g`olibiga aylandi, deb xabar bermoqda MOQ.

Hamyurtimiz turnir davomida Marselo Arevalo (Salvador), Tommi Paul (AQSh), Ruben Bemelmans (Ruminiya) va Born Fratangelo (AQSh) kabi tennischilarni mag`lubiyatga uchratib, finalgacha etib bordi. Hal qiluvchi bahsda esa boshqa bir mezbon sportchi Reilli Opelkaga qarshi kortga chiqdi va 6:4, 6:2 hisobida mag`lub etib, bosh sovrin sohibiga aylandi.

Ushbu g`oliblik orqali tennischi 125 reyting ochkosi va 21 600 AQSh dollari miqdoridagi mukofot puliga ega bo`ldi.

Eslatib o`tamiz, Denis Istomin yaqindagina yakunlangan Osiyo o`yinlarida ham g`alaba qozonib, O`zbekiston sport delegasiyasi uchun muhim bo`lgan oltin medal sohibiga aylangandi.

    Boshqa yangiliklar