Qoraqalpog`istonning Qonliko`l tumanidagi «Beskupir» ovul fuqarolar yig`inida fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida milliylik va zamonaviylikni mujassam etgan qora uy (o`tov) loyihasidagi bekat qurildi. Bu haqda «Karinform.uz» xabar bermoqda.

Ushbu bekat qoraqalpoq xalqining milliy naqshlari bilan bezatilgan bo`lib, mahalliy aholining avtotransportlarni kutishi va dam olishi uchun o`rindiqlar qurilib, qulayliklar yaratilgan.
Eslatib o`tamiz, avval tumandagi «Bostan» ovul fuqarolar yig`inida o`zgacha uslubdagi «Soyabon bekat» qurilgan edi.






