AsosiyJamiyat

Samarqandda "Fransuz Alyansi" markazi tashkil qilinadi

'Samarqandda "Fransuz Alyansi" markazi tashkil qilinadi'ning rasmi

Samarqand davlat chet tillari institutida Fransiyaning O`zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Violen de Vilmor xonim bilan uchrashuv bo`lib o`tdi. Bu haqda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining rasmiy telegram kanali xabar berdi.

Uchrashuvda Samarqand shahrida “Fransuz Alyansi” markazini tashkil etish, Fransiyaning nufuzli oliy ta`lim muassasalari bilan o`zaro hamkorlik aloqalarini yo`lga qo`yish masalalari muhokama qilindi.

“Fransuz Alyansi” markazi barcha yoshdagi fransuz tiliga qiziquvchi o`quvchi va talabalarga fransuz tili va adabiyotini o`rgatish bo`yicha kurslar tashkil etish, bilim darajasini belgilovchi testlar o`tkazish va sertifikatlar taqdim etish bilan bir qatorda yoshlar teatri, fransuz milliy musiqa san`ati va boshqa madaniy yo`nalishlarda faoliyat olib borishi rejalashtirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar