Polshaning janubiy qismidagi ko`mir konlarining birida sodir bo`lgan portlash oqibatida 8 kishi nobud bo`ldi, deb yozadi Gazeta.ru nashri.
"Mislovise-Vesola” ko`mir konida metan moddasining portlashi oqibatida sodir bo`lgan halokat vaqtida er ostida 660 metr chuqurlikda 37 nafar konchilar qazish ishlarini olib borayotan bo`lgan.
Konchilarlarning 28 nafari qutqarib olingan va turli tan jarohatlari bilan Katovisadagi kasalxonaga etkazilgan. 13 nafar konchining axvoli og`ir deb baholanmoqda. 1 kishi hamon esa qidirilmoqda.