1

Shavkat Mirziyoev Hindistonga ilk rasmiy tashrifini amalga oshiradi

Siyosat 13.09.2018, 11:42
Shavkat Mirziyoev Hindistonga ilk rasmiy tashrifini amalga oshiradi

2018 yilning 12 sentyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Hindiston Respublikasi favqulodda va muxtor elchisi Vinod Kumar bilan uchrashuv bo`lib o`tdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuvda bo`lajak O`zbekiston-Hindiston oliy darajadagi uchrashuviga tayyorgarlik ko`rish bilan bog`liq ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilingan.

O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev oktyabr oyida Hindistonga ilk rasmiy tashrifini amalga oshiradi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi bosh vazirining o`rinbosari Suhrob Xolmurodov O`zbekiston-Hindiston hukumatlararo komissiyasining 11-majlisida ma`lum qilgan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1